SUYAK

SUYAKodam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; S. toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa Suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri Suyakning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar Suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suya k toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi Suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va b.), ikkilamchi Suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va b. S.) vujudga keladi.

Suyak tuzilishi va shakliga koʻra uzun, yaʼni naysimon (son, boldir va b.), yassi, yaʼni serbar (toʻsh va b.) va kalta (umurtqalar va b.) buladi. Naysimon Suyak larning urta qismi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich moddadan, epifiz va yassi hamda kalta Suyaklar tanasi gʻovak moddadan iborat. Diafiz boʻshligʻida va epifiz gʻovak moddasi oraligʻida ilik buladi. Suyak sirti biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan suyak usti pardasi — periost, ichki ilik boʻshligʻi tomondan xuddi shunga oʻxshash endost bilan qoplangan. Diafiz 4—15 mkm kalinlikdagi plastinkalardan iborat boʻlib, ular orqali qon tomirlari va nervlar oʻtadi.

Suyak — kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin gormonlari kon plazmasida kalsiy mikdorini va osteoklastlarning soʻrilish faolligini boshkarib turadi. Suyak toʻqimasi juda faol regeneratsiya xususiyatiga ega boʻlib, organizmda toʻxtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan Suyakning mexanik xossalari ham organizmga tushadigan yukka mos ravishda oʻzgarib boradi. Odam skeleti Suyak tarkibi umr davomida yangilanib turadi (yana q. Suyak sinishi, Suyak chiqishi, Skelet).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x