SUYAK OʻYMAKORLIGI

SUYAK OʻYMAKORLIGIoʻymakorlik turi; suyakni oʻyib naqsh, tasvir ishlash, kesib va yoʻnib haykalcha, buyumlar tayyorlash sanʼati. Asosiy xom ashyo suyak (mamont va morj tishi, fil, mol suyagi va shoxi, ot va b. hayvonlarning suyagi). Kerakli hajmdagi suyak boʻlagi tanlab olinadi, ortiqcha qismlari arralab olib tashlanadi, gʻadirbudur joylari egovda tekislanadi. Suyakka gul chizib, asboblar (parma, arracha, egov va b.) yordamida oʻyib naqshlar hosil qilinadi hamda jilolanadi.

Suyak oʻymakorligi qadimdan yirik hayvonlar yashagan hududlarda maʼlum boʻlgan. Hindiston, Okeaniya, Afrika, Rossiyaning shim. da taraqqiy etgan; Oʻrta Osiyo hududida geografik sharoitga koʻra S. oʻ. rivojlanmagan. Xalq amaliy bezak sanʼati turlaridan — pichoqchilikda hamda mayda shaklli buyumlar (tugmacha va b.) tayyorlashda Suyak oʻymakorligi qoʻllaniladi. 20-a. 60y. laridan Suyak oʻymakorligi Oʻzbekiston amaliy bezak sanʼatida bir qadar rivojlandi. Jumladan, xalq ustasi Ortiq Fayzullayev saʼyharakati tufayli Suyak oʻymakorligida badiiy asarlar — «Choʻpon», «Lazgi oʻyini», «Kurant», «Navoiy» va b. yaratiddi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x