SUVORA

SUVORA (fors. — otliq) — 1) Shashmaqomning Buzruk maqomi asosida yaratilgan kuy va ashulalar. Suvoraning ashula yoʻli oddiy 2/4 takt oʻlchovidagi doira usulida ijro etiladi. Suvoraning yana 3 xili (S.1, 2,

3) mashhur cholgʻu kuylaridir. Suvora1 Buxoro Irogʻidagi soqiynomanutt varianti boʻlib, unda «Zebo pari» avji tushirib qoldirilgan. Uning 2 va 3kismlari 6/8 va 3/4 oʻlchovlaridagi usullar joʻrligida ijro etiladi. 2 va 3 S. lar surnay yoʻllaridandir;

2) Xorazmda mashhur boʻlgan maqom ashula yoʻllari va mumtoz ashulalar turkumi. Maqomlarda asosiy shoʻbalardan keyin oʻrin olgan Suvoralar 13/4 oʻlchovidagi murakkab usullarga asoslangan. Shuningdek, oddiyroq (6/8, 3/4, 3/8) takt oʻlchovidagi (keksa ustozlar aytishicha — otning yoʻrgʻa yurishidan hosil boʻlgan ritmik tuzilmaga asoslangan) murakkab shaklli Suvora ashula yoʻllari ham xalq orasida keng tarqalgan. Ular 7 ta yirik ashula turkumlariga birlashgan boʻlib, har bittasida 2 tadan Savt va Ufarlar mavjud: «Suvora» («Tani» yoki «Ona S»), «Chapandozi Suvora» («Tojik S»), «Yakparda S», «Xushparda S», «Qajhang S», K. Otaniyozov yaratgan «VI—S.» va H. Boltayev ijodiga mansub «Qorchmoniy Suvora»lar. Suvoralar sheʼriy matnida koʻproq tasavvuf mavzuidagi muxammaslar qoʻllanilgan. Xorazmda xonandalarning ijodiy musobaqa (diyralishma)lari Suvora ijrosiga asoslangan. Polvon Duzchi, Sheroziy, H. Boltayev, K. Otaniyozov, J. Sultanov, R. Jumaniyozov, F. Davletov va b. Slarning moxir ijrochilaridir. Suvora yoʻllaridan M. Yusupov, A. Otajonov, S. Hayitboyev kabi kompozitorlar foydalanishgan.

Ad.: Xarratov M., Xorazm musiqiy tarixchasi (2 nashri), T., 1998; Matyoqub o v O ., Maqomot, T., 2004.

Bopgir Mashyoqubov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x