DO`STLARGA ULASHING:
💊Suvitol osma — infuziya uchun eritma.
#Suvitol osma
#Сувитол осма
💊DORI SHAKLI : 👇
Infuziya uchun eritma ( osma ) . Vena ichiga tomchilab yuborish uchun .
💊TARKIBI : 👇
Sorbitol , natriy laktat , natriy xlorid , kalsiy xlorid , kaliy xlorid va magniy xlorid.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Qon o’rnini bosuvchi vosita.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Infeksion kasalliklarda bo’ladigan zaharlanishlarda va surunkali gepatitda qo’llash mumkin.
— Kapillar qon tomirlarda va boshqa qon tomirlarda qon aylanishini normallashtiradi.
— Kuyish kasalligida qo’llash mumkin.
— O’tkir qon ketish holatlarida va qon ketgandan keyingi shok xolatida qo’llash mumkin.
— Operatsiya vaqtida va travmadan keyingi qon ketishda qo’llash mumkin.
— Sepsis kasalligida qo’llash mumkin.
— Qon tomirlardagi tromb holatlarida qo’llash mumkin.
💊QO’LLASH USULI 👇
Venadan tomchilab juda sekin yuborish kerak. Minutiga 30 tomchi yuborish buyurilgan.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Teri toshmalari va teri qichishishi.
— Alkaloz holati kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Alkaloz holatida ( organizmda Ph muhiti ishqoriy tomonga siljishi ).
— Qon bosimi ( davleniyasi ) baland yuradigan bemorlarda mumkin emas.
— Yurak va qon tomir faoliyati og’ir holatlarda mumkin emas.
— Oshqozon ichak yara kasalligida va yo’g’on ichakdan qon ketish xolatida mumkin emas.
— Jigar faoliyatining ogir buzilgan holatida mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashing ( o’zizcha qo’llamang ).
💉Qo’llash — retsept bilan albatta.
💉Ishlab chiqaruvchi — Hindiston