5 -NOK tabletkasi

DO`STLARGA ULASHING:

5 — Nok tabletka

#5 — Нок таблетка

💊Tasir etuvchi modda :👇

nitroksolin — 50 mg.

💊Dori shakli: tabletka

 

💊TA’SIR QILISHIGA KO’RA : 👇

Tizimli qo’llash uchun antibakterial vosita.

💊QO’LLANILISHI : 👇

— Asosan siydik chiqarish yo’llarining infeksion yallig’lanish kasalliklarida ( piyelonefrit, sistit, uretrit, epididimit)

— Prostata bezining infeksiyalangan adenomasi yoki karsinomasida.

— Buyrak va siydik chiqarish yo’llarining operatsiyasidan keyingi infeksion asoratlarni oldini olishda.

— Sistitda samarali vosita

— Peshob ajratganda siydik yo’llarining og’riqli va achishish holatlarida qabul qilinadi.

💊QO’LLASH DOZASI 👇

— Ichga qabul qilinadi.Ovqatlanishgacha yoki ovqatdan keyin 1 — 2 soat o’tgach qabul qilgan afzal.

— Kattalar : o’rtacha sutkalik doza 200 mg ( sutkada 1 tabletkadan 4 marta). Zarurati bo’lganda sutkada 2 tabletkadan 4 marta qabul qilish mumkin.

🔰 Yosh bolalarga : 👇

5 yoshdan oshgan bolalarga sutkasiga 1 tabletkadan 2 — 3 marta

💊NOJO’YA TA’SIRI 👇

— ko»ngil aynish , qusish , diareya

— Jigar faoliyatining buzilishi

— Teri toshmalari

— Bosh ogrigi, bosh aylanishi

— Allergik reaksiyalar

— Taxikardiya ( yurak urish soni ko’payishi ) .

💊 QO’LLASH MUMKINMAS HOLATLAR 👇

— Preparatga o’ta yuqori sezuvchanlikda

— Katarakta

— Buyrak yetishmovchiligida

— Jigar yetishmovchiligida

— Xomiladorlik va emizish davrida

— Malabsorbsiyada

💊ADMIN MASLAHATI 👇

💥 5 — nok preparatini qabul qilgandan keyin peshob qizil rangda ajraladi. Bu zararsiz holat. Xavotir olmang.

💥Xalq orasida bu preparatni yana ,, Pyatnok » ham deydi. ( ruscha tarjimada ).

Peshob ajratganda siydik yo’llarining achishishi va og’riqli holatlari da , ya’ni sistitda juda juda zo’r ta’sirga ega.

————————————————-

🔰5 — NOK ANALOGI QAYSI ? 👇

💉Qo’llash — retseptsiz

💉Ishlab chiqaruvchi —Sloveniya

@Farmakologiya_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x