SUV TOSHQINI

SUV TOSHQINI — daryo, koʻl yoki dengiz suvi sathining koʻtarilishi natijasida quruqlikni suv bosishi. Daryo suvi, asosan, havo t-rasi keskin koʻtarilib, qor yoki muzliklar qisqa vaqtda koʻp miqdorda eriganda, qattiq jala quyganda toshadi. Daryo oʻzaniga muz tiqilib qolganda ham toshqin roʻy beradi. Dengiz sohillari va orollarda zilzila paytida yoki okeanda vulqon otilganda toʻlqin koʻtarilishi natijasida ham St. vujudga keladi.

Suv toshqinini oldini olish uchun suv omborlari qurilib, ortiqcha suvni unga burib yuboriladi, suv yoqalariga mustahkam toʻgʻon, dambalar quriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x