SUV TAʼMINOTI

SUV TAʼMINOTI — aholini, jamoat binolari va sanoat korxonalarini, transport, qishloq xoʻjaligi. va b. ni suv bilan taʼminlashga oid tadbirlar majmui. Suv taʼminoti bir necha ming yillardan beri maʼlum. Qad. Misrda yer osti suvlarini juda chuqur quduklar qazib, oddiy mexanizm bilan chiqarishgan. Bunda sopol, yogʻoch, metall (mis va qoʻrgʻoshin) quvurlaridan foydalanishgan. Qad. Rimda yirik markazlashtirilgan Suv taʼminoti tizimi boʻlgan. Oʻrta Osiyoda St. mil. av. 6—5a. lardan maʼlum. Qadimgi Samarqand shaxri Suv taʼminotida shaharga kiraverishda katta toʻgʻon qurilgan, uning ustidan shaharga katta ariqoʻtkazilgan. Ariq izlari hozir ham mavjud (q. Afrosiyob).

Suv taʼminotida qoʻllaniladigan muhandislik inshootlari kompleksi St. tizimi yoki vodoprovod deb ataladi. Aholi yashaydigan punktlardagi barcha Suv taʼminoti tizimlari markazlashtiriladi. Suv taʼminotining kommunal (jamoat binolari va aholini suv bilan taʼminlaydigan) hamda ishlab chiqarish. (sanoat yoki q. h. ni suv bilan taʼminlaydigan) xillari bor. S. t. da tabiiy suv manbalari — ochiq havzalar (daryo, koʻl, dengiz, suv ombori va b.) hamda yer osti suvlari (buloqlar, artezian suvlari va b.)dan foydalaniladi. Aholi egʻtiyoji uchun eng yaroqli suv — yer osti suvlaridir. Lekin yer osti suvlari aholining ehtiyojini toʻliq qondira olmaydi. Shuning uchun yirik shaharlar va sanoat korxonalari chuchuk suvli ochiq havzalar suvidan taʼminlanadi.

Suv taʼminotining umumiy sxemasi: suv qabul qilish inshooti 1, I nasos st-yasi 2, suv tozalash inshootlari 3, toza suv rezervuari 4; II nasos st-yasi 5, suv yoʻllari 6 (quvurlar, beton ariklar va b.), vodoprovod tarmogʻi 7 va bosim minorasidan iborat. Mahalliy sharoitga qarab, St. sxemasi oʻzgarishi mumkin. Mac, havza suvini tozalashning keragi boʻlmasa, suv tozalash inshootlarini qurishga ehtiyoj qolmaydi. Agar suv havzasi suv bilan taʼminlanadigan obyektdan baland joylashgan boʻlsa, nasos st-yalari qurilmaydi.

Yer osti suvlarini chiqarish uchun quvurli quduklar va gorizontal suv yigʻgichlardan foydalaniladi. Buloq suvlari kaptaj inshootlari (gʻishtin idishlaʻr, kameralar va b.)ga yigʻiladi. Koʻpincha, yer osti havzalaridagi suv nasos yordamida yuqoridagi idishga toʻplanadi, u yerdan nasos stansiyasi yordamida isteʼmolchilarga yuboriladi. Nasos styalari, odatda, markazdan qochma nasoslar, rostlash, saqlash va nazoratoʻlchash apparatlari bilan, koʻplari teleboshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi, baʼzilari toʻliq avtomatlashtiriladi.

Tozalash inshootlarida tozalangan suv vodoprovod tarmogʻi orqali isteʼmolchilarga tarqatiladi. Sanoat korxonalarida (maʼlum sharoitda) Suv taʼminotining aylanma va ketma-ket foydalanish tizimlari qoʻllaniladi. Aylanma tizimda ishlab chiqarish. da ishlatilgan suvni sovitib, tindirib, tozalab, undan yana foydalaniladi. Ketma-ket foydalanish tizimi bir korxonada ishlatilgan suvdan boshka bir korxonada foydalanishni koʻzda tutadi, natijada suv ancha tejaladi.

Aholi yashaydigan punktlar, asosan, mahalliy suv havzalari suvi bilan taʼminlanadi. Mac, Toshkent shaxri Chirchiq, Boʻzsuv va b. tabiiy suv xavzalaridan suv ichadi. Toshkentning St. markazlashtirilgan, yaʼni barcha St. tizimlari birbiriga ulangan. Aholiga beriladigan suv sifati katʼiy sanitariya koʻrigidan oʻtkazib turiladi. Bu ish shahar va tuman sanepidstansiyalari zimmasiga yuklangan. Q. x. ning suvga boʻlgan ehtiyojlari, daryolar, kanallar, suv omborlari, kollektorlar, novlar, suv tarqatish inshootlari, nasos st-yalari va b. sugʻorish majmualari orqali qondiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x