SUV MUHOFAZA ZONASI

SUV MUHOFAZA ZONASI — daryo, kanal, suv ombori va b. suv manbalarini eroziya mahsulotlari, kasal tarqatuvchi mikroorganizmlar, kimyoviy va organik moddalar bilan ifloslanishdan saklash uchun xizmat qiladigan tabiiy oʻrmon yoki ekilgan daraxtzor mintaqasi. Suv muhofaza zonasining kengligi bir necha yuz metrdan oʻnlab kilometrgacha boʻlishi mumkin. Suv muhofaza zonasida oʻrmon xoʻjaligini yuritishning maxsus tartibi joriy qilinadi: qoʻriqlash kuchaytiriladi, yogʻoch tayyorlash maqsadlarida daraxt kesish taqiqlanadi, daraxtlarni faqat oʻrmonzorlarni tiklash, parvarishini yaxshilash uchungina kesishga ruxsat etiladi. Oʻrta Osiyoning daryolari — Amudaryo, Sirdaryo va ularning irmoqlari boʻylab eni 400 m dan 20 km gacha boʻlgan oʻnlab ming ga maydonda polosa taqiq zona tarzida ajratilgan. Ayniqsa, katta suv omborlari atrofida muhofaza zonalari barpo etishda tabiiy va ekilgan daraxtzorlardan tashqari qishloq xoʻjaligi. ekinlari ham ekiladi. Bu joylarda xoʻjalik ishlari suv havzasining ifloslanish xavfini keskin kamaytiradigan holda olib boriladi; tuproq eroziyasiga qarshi almashlab ekish joriy qilinadi, keng marza va suv singdirgich kanallar kabi oddiy gidrotexnika inshootlaridan foydalanadi. Bevosita qirgʻoq yaqinida yerni haydash, chorva boqish va chorvachilik binolari qurish taqiklanadi. Mac, Kattaqoʻrgʻon suv omborining Suv muhofaza zonasi deyarli 4 ming ga maydonni egallaydi, undan 3,5 ming ga maydonda daraxtzorlar barpo etilgan (1000 ga ortigʻi pistazor). Qayroqqum, Jan. Surxon, Toshkent va b. suv omborlari atrofida ham katta Suv muhofaza zonasi tashkil etilgan. Yangi (Chorvoq, Norak, Toʻxtagʻul, Oqtepa, Tuyamoʻyin, Rogʻun va b.) suv omborlari atrofida ham Suv muhofaza zonasi barpo etilgan (q. Suv muhofaza oʻrmonlari).

Ad.: Raxmanov V. V., Vodoreguliruyuhaya rol lesov, L., 1975; Raxmanov V. V., Lesnaya gidrologiya, M., 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x