SUV MUAMMOLARI INSTITUTI

SUV MUAMMOLARI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Suv muammolari ilmiy tadqiqot institut — yirik tadqiqot muassasasi, Toshkent sh. da joylashgan. 1991-y. 20-iyulda tashkil etilgan. Int tarkibida 6 ilmiy lab. (suv resurslaridan oqilona foydatanish metodikasi; suvni tejash usullari va sugʻorish texnologiyasi; choʻl suv resurslari; gidrologiya va gidrotexnika; gidrokimyo va suvni tozalash; gidroekologiya va gidrokimyoviy meliorantlar) bor (2004).

In-tda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari: qurgʻoqchilik muhitlarida gidrologiya va gidrogeologiya; xoʻjalik faoliyati taʼsirida suv resurslari mikdorining shakllanishi muammolari, rejimi, sifati, xususiyatlari va qonuniyatlarini kompleks oʻrganish hamda noanʼanaviy suv manbalarini izlash; suvdan oqilona foydalanish, suv va suv obyektlarini muhofaza qilish muammolarini oʻrganish; gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda xavfsizlik mezonlarini aniklash; suv omborlari va koʻllardagi suvning gidrokimyoviy xususiyatlarining baliqchilikni rivojlantirishga taʼsirini oʻrganish hamda tavsiyalar ishlab chiqish; oqova suvlar sifatini oʻrganish va undan konsentrlangan tuzlarni olish va b.

In-tda Orol havzasidagi ekologik vaziyatning keskinlashuvi sharoitida suv resurslarini himoya qilish va undan foydalanishning ilmiy asoslari, ekinlarni sugʻorishning tejamkor texnologiyalari, jumladan, ekinlarni tomchilatib sugʻorish, egatda pogʻonalab sugʻorish usullari, dare oʻzanlarida roʻy beradigan deformatsion jarayonlarni kosmosdan olingan fotosuratlarga qarab aniqlash usuli va b. yaratildi. Int faoliyati N. R. Hamroyev, A. M. Myhamedov, E. J. Mahmudov, S. A. Azimboyev, E. Shembarisov. L. Sherfedinov, M. O. Yoqubov, B. K. Karimov va b. nomlari bilan bogʻliq. In-tda aspirantura va doktorantura bor. «Qurgʻokchil hududlar suv muammolari» yillik toʻplamini nashr etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x