SUV HAVZASI

SUV HAVZASI — yer yuzasining tabiiy yoki sunʼiy pastqam yoki chuqur joylarida tabiiy yoki sunʼiy ravishda suv toʻplanishidan hosil boʻladigan, yo boʻlmasa, suv yoʻlini toʻsib va toʻgʻon qurib hosil qilinadigan sekin oqar yoki oqmas suv manbai. Suv havzasi doimiy yoki mavsumiy (seryogʻin yillarda paydo boʻladigan) turlarga boʻlinadi. Doimiy Suv havzasiga okeanlar, dengizlar, daryolar, koʻllar, tabiiy suv omborlari, jilgʻalar, ariklar va b. kiradi. Mavsumiy (vaqtinchalik) Suv havzasi sunʼiy suv omborlari, kanallar, hovuzlar va b. dan iborat. Mac, Oʻzbekiston hududidagi Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq daryolari tabiiy Suv havzasi, Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Andijon suv ombori va b. sunʼiy Suv havzasi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x