SURA

SURA (arab. — tizma, qator) — faqat Qurʼonga xos tushuncha. Qurʼonning boʻlimlari Sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Qurʼonda 114 ta Sura boʻlib, har birining oʻz nomi bor. Baʼzi Sura larning nomi Suraning boshida kelgan soʻzdan olingan. Baʼzilariniki esa, oʻsha Surada zikri koʻproq kelgan narsalar, vokealar, jumla yoki asosiy qahramon nomiga qoʻyilgan. Eng uzun S. 286 oyatdan, eng qisqasi 3 oyatdan iborat. Hijradan oldin nozil boʻlgan Suralar — «Makka S. lari», hijradan keyin nozil boʻlganlari «Madina S. lari» deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x