SURʼAT

SURʼAT (musiqada) — musiqa asari ijrosining tezlik darajasi. Odatda, asarning mazmuni va umumiy xarakteriga bogʻliq holda (muallif tomonidan) belgilanadi. Nota yozuvida 17-a. dan italyansa atamalar bilan (lotin alifbosida) koʻrsatila boshlagan. Asosiy Surʼatlar (tezlanish tartibida) largo, lento, adajio (sekin Surʼatlar), andante, moderato (oʻrtacha Surʼatlar), allegro, allegretto, vivo, presto (tez Surʼatlar). Dastlab, baʼzi Surʼatlar musiqa asarlarining mazmunifodaviyligini bildirgan (mas, allegro — shoʻx, largo — vazmin, vivo — jonli va gʻ. k.), ularning ayrimlari hozirgacha shu maʼnoni saqlagan. Baʼzan, Surʼatlar barchaga maʼlum janrlar inʼikosi sifatida ham koʻrsatiladi (mas, marsh, vals, polka va h. k. S. ida). Baʼzan maxsus nomi boʻlmagan, lekin ayni shu Surʼat dagi pyesa yoki uning mustaqil qismlarining nomi boʻlib xizmat qilishi mumkin (mas, sonata allegrosi). Anik, Surʼat muayyan vaqt (odatda, bir daqiqa) davomida ijro etilayotgan metr gʻissalarining soni bilan koʻrsatiladi. Surʼatni aniqoʻlchash uchun (mas, ogʻzaki anʼanadagi musiqa asarlarini notaga olishda) metronom ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x