SUNBULA

SUNBULA (arab.) — 1) zodiakka tegishli 12 ta yulduz turkumlaridan biri; Veronika sochlari, Hoʻkizboqar, Ilon, Mezon, Gidra, Qargʻa va Asad yulduz turkumlari orasida joylashgan; eng ravshan yulduzi 1yulduz kattaligidagi Spika yulduzidir. Sunbula yulduz turkumida kuzgi tengkunlik nuqtasi joylashgan. Quyosh S. turkumida sent. oyida boʻladi. Oʻzbekistonda bahor va erta yozda (Yer sharining shim. kengliklarida) koʻrinadi; 2) shamsiya yil hisobida oltinchi oyning nomi. 22-avgustdan 21 sent. gacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x