SULTONXOʻJAYEV Abdumubdi Noʻmonovich

SULTONXOʻJAYEV Abdumubdi Noʻmonovich (1929.12.1. Toshkent) — gidrogeolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1970), prof. (1971). Oʻrta Osiyo politexnika in-tinini tugatgan (1952). Oʻzbekiston Geologiya va vazirligiga qarashli Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-tida direktor muovini (196265), regional gidrogeologiya boʻlimi rahbari (1965—72). 1972-y. dan Oʻzbekiston FA Seysmologiya in-ti gidrogeokimyo lab. mudiri. Ilmiy ishlari gidrogeologiya, seysmik xavfni oldindan bilish muammolari — gidrogeoseysmologiyaga bagʻishlangan. Darslik yozgan va Yer osti suvlari kimyoviy va gaz tarkibining zilzila oldidan va zilzila vaqtida oʻzgarishi ilmiy ishlanmasining (1973) hammuallifi. Asarlari yapon, xitoy va ingliz tillarida ham nashr qilingan. S. Yaponiyaning «Zilzilalarning gidrogeokimyoviy darakchilari» assotsiatsiyasining (1988), Rossiya Tabiiy FAning (1991) faxriy aʼzosi.

As: Ferganskiy artezianskiy basseyn, T., 1972; Radioaktivnыye emanatsii pri izuchenii geologicheskix protsessov, T., 1972; Gidrogeoximicheskiye osobennosti nekotorыx seysmoaktivnыx zon Sredney Azii, T., 1977; Gidroximicheskiye predvestniki zemletryaseniy, M., 1985; Metallogeniya artezianskix basseynov Sredney Azii, T., 1992; Problemы prognozirovaniya zemletryaseniy v Sentralnoy Azii, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x