SULTONOV Muhammad Aliyevich

SULTONOV Muhammad Aliyevich (1915.2.2 — Toshkent — 1980.12.7) gelmintolog olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968), biol. fanlari d-ri (1963). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1937). Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya in-tida kichik ilmiy xodim (1941— 43), katta ilmiy xodim (1943—56), gelmintologiya lab. mudiri (1956—78), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktor (1962 — 66). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonning uy va ov xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan parrandalari gelmintlari, ot oshqozon boʻkasi hamda boshqa yovvoyi hayvonlar parazitofaunasini oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

As: Gelmintы domashnix i oxotnichyepromыslovыx ptis Uzbekistana. T., 1967, Gelmintы domashnix melkopitayushix Uzbekistana (v soavtorstve), T., 1975.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x