SULTON MAHMUDXON

SULTON MAHMUDXON (? 1508) Moʻgʻuliston xoni (1487—1508). Chigʻatoiylarlan. Yunusxonnnng oʻgʻli, onasi — Shohbegim, Badaxshon shohi Shoh Sulton Muhammadning qizi. Boburning togʻasi. 1487-y. otasi vafot etgach, moʻgʻullar rusumiga koʻra taxtga oʻtqazilgan. Bundan xabar topgan Umarshayx Mirzo Fargʻona tomondan, Sulton Ahmad Mirzo Samarqand tomondan Sulton Mahmudxonga qarshi chiqqan. Umarshayx Mirzo qoʻshini Toshkent yaqinidagi mustaqkam Ashtar qalʼasini qamal etgan. Sulton Mahmudxon qoʻshinga bosh boʻlib mudofaaga rahbarlik qilgan va jangda gʻolib chiqqan. 1488-y. Sulton Ahmad Mirzo qoʻshini ustidan Chir (Chirchiq) daryosi boʻyida gʻalaba qozongan. Natijada Sulton Mahmudxonning obroʻsi, kuchqudrati oshgan. Moʻgʻulistonning sharqiy qismiga ukasi Sulton Ahmadxon (Olachaxon), Gʻarbiy qismiga oʻzi bosh boʻlib, qarorgohi — Toshkent sh. da joylashgan. 1493-y. Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning katta qizi Robiya Sulton begim (Qorakoʻz begim)ga uylangan. Samarqand va uning atrofida Sulton Mahmudxonni Xonikaxon deb atashgan. SM. doimo qoʻshni davlatlarning ishlariga aralashgan. Sulton Ahmad Mirzo vafotidan soʻng S. M. Samarqand taxtini egallash uchun yurish qilgan, biroq 1495-y. Kanboy yaqinida Boysungʻur mirzo tomoni| dan magʻlubiyatga uchragan. Sulton Mahmudxonni Fargʻonaga yurish qilishi ehtimolidan xavfsiragan Bobur uning oliy xrkimiyatini tan olgan. 1498-y. 5 ming kishilik qoʻshin bilan Samarqandga yurish qilgan, biroq shim. dan Shayboniyxon qoʻshinlari Movarounnahrga kelayotganidan darak topgach, chekinishga majbur boʻlgan. U temuriylarga qarshi kurashda Shayboniyxonni oʻziga ittifoqchi qilish maqsadida_unga Oʻtror sh. ni bergan. Shayboniyxon CM. yordamida Samarqand, Buxoroni qoʻlga olgan. Shayboniyxonning kuchayib ketishidan xavfsiragan Sulton Mahmudxon temuriylarni qoʻllabquvvatlay boshlagan. Boburta Samarqandni egallashida harbiy yordam bergan. Bobur uning saroyida, Toshkentda maʼlum muddat yashagan (1501—02). 1503-y. SM. va ukasi Sulton Ahmadxonlarning birlashgan qoʻshini Arxiyon qalʼasi (Fargʻona) yaqinvda Shayboniyxon qoʻshini tomonidan tormor keltirilgan, akaukalar asir tushgan. SM. ning Toshkentga vaqtinchalik hokim qilib qoldirilgan oʻgʻli Sulton Muhammad shaharni tashlab qochgan. Shayboniyxon Toshkentni egallab, uni amakisi Suyunchxoʻjaxonga bergan. Sulton Mahmudxon va ukasiga shafqat qilib qoʻyib yuborgan. Ular Moʻgulistonga ketishgan, bir ozdan soʻng Sulton Ahmadxon vafot etgan. Taxt uchun kurashda Sulton Mahmudxon yolgʻizlanib, ancha qiyinchiliklarga duch kelgan. U koʻmak istab Shayboniyxon xuzuriga kelgan. Biroq Shayboniyxon Sulton Mahmudxonni farzandlari bilan birga Xoʻjand daryosi boʻyida qatl ettirgan.

Ad.: Baburname, T., 1993; Materialoʻ po istorii kazaxskix xanstv XV—XVII vv., AlmaAta, 1969; Mirzo Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi, T., 1996.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x