SULTON ALI MIRZO

SULTON ALI MIRZO (14831500) Movarounnahr hukmdori (1498—1500). Temuriylardan. Sulton Maxmud Mirzoning 3oʻgʻli. Onasi — Zuhra begi*. Otasining vafotidan soʻng Qarshi viloyati hokimi boʻlib, keyinchalik akasi Boysungʻurdan Buxoroni (1497-y. dek.), Bobur esa, Samarqandni tortib olgan. Bobur ota meros shaxri Andijon dushman kuliga oʻtishi mumkinligi haqida xabar topib, beklaridan birini Samarqandda qoldirib, Andijon tomon yurgan. Bundan foydalangan S. A. M. Samarqandni ishgol qiladi (1498-y. fev. —mart). 1499-y. da Sulton Ali Mirzo bilan Muxammad Mazid tarxon orasida nizo vujudga keladi. Tarxonlar Movarounnahrda katta nufuzga ega edilar (q. Darxon). Mazid tarxon Samarqand va uning atrofidagi mulklarni oʻz oʻgʻillari, qarindoshurugʻlari va yaqin kishilari ixtiyoriga berib qoʻygan edi. Sulton Ali Mirzo taxtga muqim oʻrnashib olgach, Mazid tarxonga qarshi siyosat yuritadi. Natijada Mazid tarxon Samarqanddan chiqib ketadi. Shunda Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon jiyani Xon Mirzoni (Mirzoxon, Sulton Ali Mirzoning ukasi) moʻgʻul qoʻshinlari bilan Samarqandni zabt etishga joʻnatadi. S. A. M. Samarqand tashqarisida, Yoryayloqda boʻlgan jangda gʻolib chiqadi. Onasi Zuhra begimning nodonligi tufayli yozilgan maktub sabab Shayboniyxon Samarqandni jangsiz egallaydi (1500). S. A. M. Qoʻlba yalangligida qatl etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x