SULAYMONOVA

SULAYMONOVA Xadicha (1913.3.6, Andijon sh. — 1965.26.11, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1954), yuridik fanlari d-ri (1951), prof. (1952), Oʻzbekiston FA akad. (1956). Oʻzbekiston SSR MIK huzuridagi Sovet qurilishi va huquqi in-tini tugatgan (1935). Moskva yuridik in-ti aspiranti (193941), Toshkent yuridik in-ti jinoyat huquqi kafedrasi assistenti, dotsenti, soʻng mudiri (1941—54), in-t rektori (1954— 55). Oʻrta Osiyo un-tining yuridik fti dekani (1955—56). OʻzSSR Adliya vaziri (1956—59), OʻzSSR Ministrlar Soveta chuzuridagi Adliya komissiyasi raisi (1959—64). 1964-y. dan OʻzSSR Oliy sudi raisi. Ilmiy ishlari jinoyat huquqi, xususan, Oʻzbekistonda huquqshunoslik fanining vujudga kelishi va rivojlanishi, xotinqizlar huquqi masalalariga bagʻishlangan. Oʻzbekiston FA Falsafa va hukuq in-tini (1958), respublika Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi i. t. institutini (1959) tashkil etish tashabbuskorlaridan. Toshkent sh. dagi koʻchalardan biriga, sud ekspertizasi i. t. instituta (hoz. Respublika sud ekspertiza markazi)ga Sulaymonova nomi berilgan, Toshkent yuridik in-tida Sulaymonova muzeyi bor.

As: Sobraniye sochineniy, t. 1—3, T., 1967 — 71.

Ad.:Hakimov M . X., Akademik Xadicha, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x