SUGʻORISH NORMASI — qishloq xoʻjaligi. ekinlarini yetishtirish uchun vegetatsiya davri davomida maydon birliga zarur boʻlgan suv mikdori, m3/ga bilan oʻlchanadi. Sugʻorish normasi netto va bruttoga boʻlinadi. Netto Sugʻorish normasi birinchi suv berishdan oxirgi suv berishgacha davrda dala suv isteʼmolining (evapotranspiratsiya) umumiy mikdoriga teng. Tabiiy namlik beqaror boʻlgan zonalarda Sugʻorish normasi hisobkitoblarida vegetatsiya davridagi yogʻin mikdori nettodan ayriladi. Netto Sugʻorish normasi ekinlar turi, navi, tuproq, iqlim, gidrogeologik va meliorativ sharoitlarga bogʻliq (q. Sugʻorish rejimoʻ). Brutto S. n. da netto Sugʻorish normasidan tashqari sugʻorishda suvning zaruriy sarf (isrof) boʻladigan mikdori (normalangan darajada) ham hisobga olinadi. Bunday sarflar suvning oʻsimlik iddizi tarqalgan qismdan pastga sizishi, suvning oqovaga chiqishi va sugʻorish jarayonida bugʻlanib ketishi bilan bogʻliq. Zaruriy sarflar mikdori sugorish usuli, shuningdek, dala tuproq gruntining suv oʻtkazish imkoniyati, dala nishabi va b. sharoitlarga bogʻliq. Vegetatsiya davrida haqiqiy suv sarfi bir martalik suv berish normalari (tuproq qatlamini turli ekinlarda 0,3 dan 1,2 m gacha chukurlikda namlashga yetarli 600— 1200 m3/ga mikdordagi suv) yigʻindisi tarzida topiladi.
Oʻrta Osiyoning qurgʻoqchil zonalarida tuproq sharoitlariga karab Sugʻorish normasi (ming m3/ga): gʻoʻza uchun 6—10, don ekinlari uchun 4 gacha, makkajoʻxori uchun 5 gacha, qand lavlagi uchun 6, koʻp yillik oʻtlar uchun 12, sabzavot ekinlari uchun 6 gacha boradi.