Jinsiy aloqa, ya’ni qovushish normasi

Jinsiy aloqa, ya’ni qovushish normasi

Kasbim sababli qachonki to‘y xasham va tadbirlarda o‘tirib qolsam, aksari xammasi doktor qabuliga aylanib ketadi. Bir kuni bir katta yig‘ilishda o‘tirgandik. Xamma kamida 10-15 yil oilaviy xayot kechirgan, bir nechadan farzandi bor odamlar edi. Bir kishi “ayolimni qondirganimni qanday bilsam bo‘ladi”, “jinsiy aloqa normasi qancha, qancha davom etishi kerak, aniq meyori qanaqa” deb so‘radi. Qoshiq vilkalar tiriq tiriq qilishi birdan to‘xtadi. Bilsam xonada pashsha xam uchib yurgan ekan. Lekin negadir pashsha uchishdan to‘xtamadi. Xolatni darxol tushundim. Pashsha xammasini bilardi va uddalardi.

Jinsiy aloqa NORMASI o‘zi o‘ta BAXSLI mavzu. Xattoki mutaxassisu olimlar orasida xam. Xar xolda Yevropa va Amerika Andrologiya va Seksologiya Assotsiatsiyalari, (kaysiki bu Assotsiatsiyalar dunyoning eng nufuzli doktor va olimlarini o‘ziga jam qilib birlashtirib Andrologiya va Seksologiya soxasi bo‘yicha tavsiyalar beradigan eng nufuzli tashkilot), dunyo olimlari bir to‘xtamga shu kungacha kela olishmagan.

Xolat albatta tabiiy. Nimaga deysizmi ? Quloq soling….

Ko‘p tortishuv va baxslashuvlar raundlaridan keyin nisbiy norma deb 3-4-5 minut qabul qilingan, lekin bunga qarshi olimlar ko‘p. Men (tajribam va bilimimdan kelib chiqqan xolda) xam. Aslida jinsiy aloqa uzoqligini 3-4-5 minut deb belgilanishi xaqiqiy norma deb tan olinishi ma’nosida emas, balki kimlarning davolanishga muxtojligini aniqlash, diagnostika, klassifikatsiya va ilmiy tadqiqtlar maqsadida belgilangan.
Uzr endi xursand bo‘lishni boshlaganmidingiz 🤣 !?
Sababi oddiy. Bir o‘ylab ko‘ring, taom OSHPAZ emas XO‘RANDA istemol kiladi. Bas, shunday ekan XO‘RANDA BAXOLAYDI. Va xo‘randa xaq.
Ovqatni QORINNI TO‘YDIRISH Uchun iste’mol qilinad, ISHTAXA OCHIB QO‘YISH uchun emas. Yo‘q deydiganlar xam bormikan-a !!!!
Erkak eyakulyatsiya qilib urug‘ to‘kkani qorni to‘ygani. Bechora xo‘randachi. “Kechirasiz NORMADA shunkaka yozilgan” deymizmi !? Qorni ochga bu manzur bo‘larmikan…. !?!?
Oshpazning «Nega!? kechirasiz, taomga oxu go‘shti, qimmatli Chin ziravorlari, italyan parmezan pishlog‘i solganman»i BЕFOYDA. To‘g‘ri emasmi ?!?! Shuning uchun Jinsiy aloqa uzoqligi xar bir oilada ER XOTIN ORASIDA xal qilinishi kerak.
Balki qaysidir oila 1 minutga BAXTLI onlar nashidasini surib XAYOTNING YORQIN TARAFIDA bo‘lsa, boshqa bir oila esa 10 minut yoki 30 minutga AJRALISH yoqasida va iztirobdadir. Shunaka!!!
Lekin suxbatni ERKAKLAR uchun yoqimli notada yakunlamoqchiman. Jinsiy aloqa vaqtining o‘zigina XAL QILUVCHI faktor emas. Xar xolda SIFAT degan ko‘rsatkichi xali xech kim BЕKOR qilmagan. Ozu lekin shirin…. 😉 . Urraa !!! (eshitildimi yoki tuyuldimi ??). Voajab, bu dono xalq maqolimizning boshqa bir talqinimasmikan-a.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x