SUGʻD YOZUVI

SUGʻD YOZUVI — mil. 1—9-a. larda mavjud boʻlgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harftovush yozuvi; u bir manba — oromiy yozuvidan tarqalganligiga koʻra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shakllanib, rivojlanganlar. Zarafshon daryosining vodiy va yukrri oqim qismlarida joylashgan Sugʻd (Sugʻdiyona) viloyatida qoʻllangan.

Syo. somiy alifbolar singari konsonant yozuv boʻlgan, yaʼni xarflar asosan undosh tovushlarni ifoda qilgan; unli tovushlar maxsus belgilarga ega boʻlmagan. Dastlab unda 22—23 harf mavjud boʻlib, ularning deyarli barchasi qad. oromiy prototipiga borib takalgan va joylashishi ham oromiy alifbosidagi singari boʻlgan. Keyinchalik, 4-a. boshlarida baʼzi harflarning alifbodan chiqib ketishi, baʼzi harflarning shaklan birbiriga yaqinlashuvi, oʻxshab qolishi natijasida harflar soni 17 tadan iborat boʻlib qolgan. Syo. dastlabki paytlarda grafik shakllari boʻyicha oromiy yozuvidan unchalik farq qilmagan, ligaturalar koʻp boʻlmagan. 7-a. oʻrtalarida esa Syo. ning kiya (kursiv) shakli paydo boʻlishi bilan ligaturalar koʻpaygan, koʻplab harflarning yozilishi birbiriga oʻxshab qolgan. Bu holat qiya yozuvni qiyinlashtirgan va qoʻshimcha diakritik belgilar qoʻllanishini taqozo etgan.

Syo. asosan gorizontal holatda oʻngdan chapga qarab yozilgan. Ammo sugʻdlar 6-a. oxiridan boshlab vertikal yoʻnalishda ham (devorlar va kryalarda) yozganlar, vertikal satrlar chapdan oʻngga tomon joylashib borgan.

Syo. ning mil. 1-a. ga oid eng qad. namunasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng soʻnggi namunalari esa 8-a. oxiri — 9-a. boshlariga mansub. Yodgorliklarning kupi 20-a. da Sharqiy Turkistondan topilgan. Shulardan biri 808—821-y. larda hukmronlik kilgan xoqon sharafiga bitilgan, uch tildagi (sugʻd, qad. turk va xitoy) qabr toshi yozuvidir. Syo. namunalarining aksariyati 4—8-a. larga tegishli boʻlib, ulardan Mugʻ qalʼa xarobasidan topilgan hujjatlar (1933) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar va Syo. ning baʼzi boshqa yodgorliklarida sugʻd adabiy tili meʼyorlari, uning adabiy-badiiy uslubi yaqqol seziladi. Syo., oʻz navbatida, qad. turkiy runik yozuvi hamda uygʻur yozuvshsh. shakllantirish uchun asos boʻlgan.

Syo. ni va sugʻd tilini oʻrganishga Sankt-Peterburglik olim V. A. Lifshis katta hissa qoʻshgan. Hoz. kunda Oʻzbekistonda ham oʻziga xos sugʻdshunoslik maktabi vujudga kelgan: prof. M. Isʼhoqov va uning shogirdlari sugʻd yozuvi, sugʻd tili va adabiyotining turli jihatlarini, xususiyatlarini oʻrganib kelmoqdalar. Sugʻd yozuvi yodgorliklarining asosiy qismi Sankt-Peterburg, London, Parij, Berlinda saqlanmoqda.

Ad. L. Oranski y I. M., Vvedeniye v iranskuyu filologiyu, M., 1960; Diringer D., Alfavit, Per. s angl., M., 1963; Fridrix I., Istoriya pisma, Per. s nem., M., 1979.

Abduvahob Madvaliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x