SUGʻD TILI

SUGʻD TILI — eroniy tillarning shim. sharqiy guruhiga mansub ulik til. Zarafshon daryosi vodiysi (hoz. Oʻzbekiston va Tojikiston hududi) da joylashgan Sugʻd (Sugʻdiyona) davlatining rasmiy tili hisoblangan. «Sugʻd» toponimi qad. yozma manbalardan «Avesto»da uchraydi. Xitoy manbalarining guvox^lik berishicha, 8 — 9-a. lar (S. t. ning asosiy yozma yodgorliklari yaratilgan davr)da St. asosiy yozma va ogʻzaki aloqa tili hisoblangan. Keyinchalik, arablar bosqinidan sung, St. arab, klassik fors (tojik) tillari hamda turkiy tillar tomonidan siqib chiqarilgan. Sugʻd tilining uzilkesil yoʻqolishi 12—13 a. larga toʻgʻri keladi. Bu tilning baʼzi (asosan lugʻaviy) unsurlari hoz. oʻzbek va tojik tillariga singib ketgan.

Sugʻd tili bir necha sheva va lahjalarga boʻlingan. Sugʻdiyona hamda uning Gʻarbiy Xitoydagi mustamlakalarida topilgan yodgorliklar tili sugʻdiy shevalarning gʻarbiy guruhini aks ettiradi. Sharqiy sugʻd tarmogʻi esa rivojlanib, hoz. yagʻnob tiliga asos boʻlgan.

Sugʻd tili vokalizmi choʻziqligi jihatidan oʻzaro qaramaqarshi qoʻyiluvchi 5 juft unli (a—a, i—i, u—u, e—e, oʻ — oʻ), 2 juft diftong va oʻz juftiga ega boʻlmagan e fonemasidan, konsonant tizimi esa 19 fonemadan iborat boʻlgan. Grammatik qurilishida analitik belgilar bilan bir qatorda qad. flektiv turga xos xususiyatlar ham mavjud boʻlgan.

Sugʻd yozuvi qad. oromiy yozuvi asosida mil. 1-a. boshlarida shakllangan. Turli davrlarda oʻzgarib borganligi tufayli bir necha koʻrinishga ega. Eng qad. yodgorliklari 2—4-a. larga mansub. Ular Sharqiy Turkiston, Tojikiston (Mugʻ qalʼa xarobasi), Afrosiyob, Toshkent, Quva va b. joylarda topilgan. Afrosiyobdan topilgan 16 satrli hujjat matni 7-a. oʻrtalaridagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti haqida qiziqarli maʼlumot beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x