SUFFOZIYA

SUFFOZIYA (lot. suffossio — oʻyish) — Yer osti suvlari taʼsirida togʻ jinslari massividan mayda mineral (xlorli, sulfat, karbonat tuzlar va b.) zarrachalarining mexanik ravishda yuvilish jarayoni. Suffoziya koʻproq kumli, lyossli va b. dispers jinslarda sodir boʻladi. Suffoziya massivning tuzilishi va tarkibiga nisbatan: turli tarkibli jinslarning qatlamlarida va bu qatlamlarning ulanish joylarida; tektonik buzilish zonalaridagi darzliklardagi bir jinsli boʻlmagan toʻldirgichlarda; togʻ jinslarining ulanish joylarida va sunʼiy inshootlar (filtr, drenaj va b.)dan toʻkilgan materiallarda rivojlanadi. Togʻ jinslari granulometrik tarkibining turlilik darajasini kupayishi, yer osti suvlari harakati tezligining oshishi Suffoziyani vujudga kelishiga imkon tugʻdiradi. Suffoziya togʻ jinslari tarkibi va strukturasining oʻzgarishiga, ularning gʻovakliligi va suv oʻtkazuvchanligini ortishiga, mahkamliligini pasayishiga olib keladi. Natijada ustki qatlam choʻkib, yuqorida diametri 10 m gacha, baʼzan 100—500 m gacha boʻlgan mayda va yirik halqasimon chuqurlar hosil boʻladi. Suffoziya natijasida yumshagan jinslar togʻ yon bagʻirlarida koʻchki hosil boʻlishiga imkon yaratadi. Inshootlar asosidagi togʻ jinslarda Suffoziya ularning notekiye choʻkishiga, shaklini oʻzgartirishiga va buzilishiga olib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x