SUDLANUVCHI

SUDLANUVCHIjinoyat protsessida sudga berilgan ayblanuvchi. S. oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuv va tushuntirish berish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; himoyachiga ega boʻlish va u bilan xoli uchrashish; oʻz huquk/garini himoya qilishni shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, 1-instansiya va apellyatsiya instansiyam sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa — kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga ega.

S: sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va b. qonunga xilof harakatlar bilan haqiqatni aniklashga toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi sudning ajrimlari hamda boshqa protsessual qarorlari ijro etilishiga toʻsqinlik kilmasligi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Ayblov hukmi chiqarilib, xukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng Sudlanuvchi mahkum, oklov hukmi chiqarilganda esa oklangan deb ataladi.

Gʻafur Abdumajidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x