SUD CHAQIRUV QOGʻOZI

SUD CHAQIRUV QOGʻOZI — sudga chaqirilayotganlik toʻgʻrisida rasmiy xat. Sud chaqiruv qogʻozida kim, qaysi sifatda (daʼvogar, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh), qayerga, kimga va qachon kelishi koʻrsatiladi. Chaqiruv qogʻozida chaqiruvga kelmaslikning javobgarligi, taʼsir choralari bayon etiladi (mas, guvohni majburan keltirish, ayblanuvchiga ehtiyot chorasini oʻzgartirish). Sud chaqiruv qogʻozi sud majlisiga raislik etuvchi topshirigʻiga koʻra, sud kotibi tomonidan toʻldiriladi. Sud chaqiruv qogʻozi bilan sudga chaqirilganlarga koʻrsatilgan vaqtdagi ish haqi toʻliq saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x