SUBYEKTIV HUQUQ

SUBYEKTIV HUQUQ — muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsning konkret huquqi. Mac, xususiy mulk egasi oʻz mulkiga ega boʻlishi, undan foydalanishi va unga xoʻjayinlik qilishi hamda oʻz huquqini boshqa shaxslardan poymol qilmasliklarini talab etishi mumkin. Subyektiv huquq egasi zarur hollarda oʻz huquqini amalga oshirish va himoya qilish uchun davlat yordamidan foydalana oladi (mas, sudga murojaat qilishi mumkin). Himoya shakliga koʻra, Subyektiv huquq mutlaq va nisbiy Subyektiv huquq larga boʻlinadi. Mutlaq Subyektiv huquqda Subyektiv huquq egasi nomaʼlum keng shaxslar guruhidan muayyan harakatni qilishni yoki qilmaslikni talab etishi mumkin. Nisbiy Subyektiv huquqda Subyektiv huquq egasining talabi faqat konkret shaxs yoki shaxslar guruhiga qaratilgan boʻladi (mas, kreditorning qarzdorga nisbatan boʻladigan munosabatdagi huquqi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x