SUBTROPIK OʻSIMLIKLAR

SUBTROPIK OʻSIMLIKLAR — asosan, doim yashil, barg toʻkadigan baʼzi mevali daraxtlar hamda butalar. Bularga avokado, anjir, anor, apelsin, mandarin, limon, greyfrut, zaytun, xurmo, chilonjiyda (unobi), pista, mushmula, tok, dafna va b. kiradi. Su. mazali, toʻyimli va dorivor xususiyatga ega meva beradi. Mevasi yangiligicha, konservalangan hamda quritilgan holda isteʼmol qilinadi. Subtropik oʻsimliklar vegetatsiya davrining uzunligi, qishda tinim davriga oʻtishi bilan tropik oʻsimliklardan farqlanadi. Asosan, subtropik mintaqalaris yetishtiriladi. Oranjereya yoki transheyalarda, shuningdek, uy sharoitida oʻstiriladi. Subtropik oʻsimliklarning sovuqqa chidamliligi turlicha. Mac, limon sovuqqa chidamsiz, anjir, anor, xurmo chidamliroq. Oʻzbekistonda Subtropik oʻsimliklarning baʼzi turlari (apelsin, mandarin, limon va b.) oranjereya yoki transheyalarda, shuningdek, uy sharoitida oʻstiriladi. Soʻnggi yillarda subtropik mevalar Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik in-tining Janubiy Oʻzbekiston tajriba stansiyasida, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi limonariy shirkat xoʻjaligida, Surxondaryo viloyatidagi Denov oʻrmon xoʻjaligida va b. bir qancha viloyatlardagi ayrim xoʻjaliklarda, shuningdek, tomorqalarda oʻstirilib, koʻchatlari yetishtirilmoqda.

Ad.: Kulkov O. P., Muxamedzyanov Sh. 3., Oʻzbekistonning subtropik oʻsimliklari, T., 1968; Jivotinskaya Subtropik oʻsimliklar, Vostochnaya xurma v Uzbekistane, T., 1989; Zaysev Yu. I., Sitrusovqe v komnate, T., 1990.

Rixsivoy Joʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x