STOLBUR

STOLBURituzumdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar va ayrim begona oʻtlarda uchraydigan virusli kasallik. Oʻzbekistonda Stolbur bilan koʻproq pomidor, baklajon, shirin qalampir, kartoshka ekinlari kasallanadi. Kasallikka chalingan oʻsimliklarning novdalari uchidagi barglari oqaradi, buralib, oʻsishdan orqada qoladi, gul otaliklari quriydi, onaliklari rivojlanmaydi, mevasi qattiqlashadi, bemaza, qisman oqish etli boʻlib qoladi. Stolburni qoʻypechak, bangidevona, ituzum va b. oʻtlar ildizlarida qishlab chiqadigan sikada lichinkalari tarqatadi. Kurash choralari: begona oʻtlarni yoʻqotish va sikadalarga qarshi kurash; koʻchatlarni maqbul muddatlarda va qalinroq ekish; qator oralarini mulchalash, Stolburga chidamli navlarni ekish va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x