STOKGOLM

STOKGOLMShvetsiya poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Melaren koʻlini Boltiq dengizining Saltshyon qoʻltigʻi bilan bogʻlovchi dare boʻyida va qirgʻoqqa yondosh orollarda joylashgan. Iqlimi moʻtadil okean iqlimi, qishi nisbatan yumshoq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 3°gacha), yozi salqin (iyulning oʻrtacha t-rasi 18°), seryomgʻir va kuchli shamollar boʻladi. Yillik yogʻin 600 mm chamasida. Atrofidagi kichikroq shaharlar bilan birlashib, Katta Stokgolm aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Aholisi 751,2 ming kishi (2000). Kadimda (mil. av. 1-a. da) Stokgolm oʻrnida qishloq boʻlgan. Stokgolm haqidagi ilk maʼlumotlar 1252-y. ga oid manbalarda uchraydi. 13-a. oʻrtalarida shahar huquqini olgan, 14-a. dan Shvetsiyaning bosh shahri. Oʻrta asrlarda Stokgolm hunarmandchilik markazi, muhim savdo porti boʻlgan. 1900y. lardan sanoati jadal rivojlandi, xususiy banklar tashkil qilindi. Shahar t. y. orqali Gyoteborg, Malmyo va b. shaharlar bilan bogʻlandi. Stokgolmda xalqaro kongress, konferensiya va muzokaralar oʻtkaziladi. Katta Stokgolm mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 10% ni beradi. Sanoatining asosiy tarmoklari — mashinasozlik va metallsozlik. Mashinasozlik, asosan, elektrotexnika va radioelektronika sohalariga ixtisoslashgan. Shuningdek, oziqovqat sanoati uchun uskunalar, kompressorlar, transport mashinalari ishlab chiqariladi. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Yengil, oziqovqat, farmatsevtika va kimyo sanoati korxonalari bor. S. da yirik banklar, sanoat kompaniyalarining boshqaruv organlari joylashgan. Stokgolm porti kj ortibtushirish boʻyicha mamlakatda 4oʻrinda. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan (1973).

Shaharning tarixiy markazi — Eski shahar oʻrta asr koʻrinishini qisman saqlab qolgan. Shaharning savdomaʼmuriy va madaniy markazi — Normalmda riksdag binosi, bank va konsernlar boshqaruv organlari, un-t binosi, opera teatri, markaziy vokzal va b. joylashgan.

Meʼmoriy yodgorliklardan oʻrta asrlarda kuril gan Storchyurka va Riddarxolmechyurka romangotika cherkovlari, Drotningxolm va Qirol saroylari, ratusha va b. saqlangan.

Stokgolm — mamlakatning madaniy va ilmiy markazi. Shaharda un-t, oliy texnika maktabi, tibbiyot inti, musiqa va b. sanʼat maktablari, Shvetsiya FA, Qirollik adabiyot, tarix va osori atiqalar akademiyasi, Q. x. akademiyasi, rasadxona, milliy, zamonaviy sanʼat, etnografiya, tabiiytarix, dengiz, ochiq osmon ostidagi va b. muzeylar, kutubxonalar bor. Stokgolmda 25 dan ortiq teatr, sirk akademiyasi faoliyat koʻrsatadi. 1912-y. da Stokgolmda 5Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x