STEVIYA

STEVIYA (Stevia rebaudiana Bext.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik. Vatani — Paragvay. Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Bolgariya vab. mamlakatlarda oʻstiriladi. Boʻyi 1,5 m ga boradi. Barglari yirik, uz. 4—7 sm, qaramaqarshi joylashgan, tukli. Qisqa kun oʻsimligi, kuzda gullaydi. Issiklikka va namga talabchan subtropik ekin. Steviya bargida (6,0%—6,5%), poyasida (1,5%) va ildizida (0,6%) shirinligi saxarozaga nisbatan 150—300 barobar yuqori boʻlgan kimmatbaho steviozid moddasi bor.

Steviozid konditer sanoatida, salqin ichimliklar, sharbat, saqich, har xil shirinliklar va konservalar tayyorlashda shakar oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi, undan doridarmon sifatida, qand diabeti kasalligiga va modda almashinuvi buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Uni urugʻidan koʻpaytirishga nisbatan qish faslida issiqxonada, yozda esa bevosita dalaning oʻzida qalamchalaridan koʻpaytirish oson. Qalamcha koʻchatlari apr. ning 2-yarmida, tuproq harorati 14—15° boʻlganda 60×25—40, 70×25 — 30 va 90×15—20 sm sxemada namlangan pushtaga ekiladi. Bahorda va kuzda xdr 10 —12 kunda, yozda 6—8 kunda sutorilib turiladi. Qator oralari oʻsuv davrida 4—5-marta kultivatsiya qilinadi.

Sning hosili koʻk bargpoya boʻlib, vegetatsiya davrida 2-marta — iyun va okt. oylarida shonalagan davrida oʻrib olinadi. Quruq barg boʻyicha hosildorligi 6—25 s/ga. Sanoatda qayta ishlanib, steviziod moddasi olinadi.

1986-y. S. urugʻi va koʻchati Oʻzbekistonga Paragvaydan olib kelingan. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik i. t. in-tida 1987—88 y. larda oʻsimlikning biologiyasi va uni koʻpaytirish usullari oʻrganiladi. Sning Shirin va Shakarbarg navlari yaratidsi (1994) va Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritiddi.

Ad.: kim Yu. M., Steviya — novaya saxaronosnaya kultura. Sb. «Ispolzovaniya mirovoʻx kolleksiy rastitelnыx resursov dlya sozdaniya sortov intensivnogo tipa v usloviyax Sredney Azii», T., 1991.

Botir Azimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x