STENOKARDIYADA YORDAM

DO`STLARGA ULASHING:

🦂STENOKARDIYADA YORDAM🐝

💊Stenokardiya (yun. stenos — tor, qisqa va kardia — yurak), yurak qisishi — yurak ishemik kasalligining keng tarqalgan shakli.Bunda miokardning kislorodga bolgan talabi oshgan vaqtda toj tomirlar yetarli miqdorda kengaymaydi va og’riq sindromi kuzatiladi.Aksariyat hollarda ateroskleroz sababchi bo’ladi

💁‍♂️Belgilari:
➖o’tkir,ezuvchi,siquvchi og’riq
➖to’sh ortida va chap qo’lda,chap kurak ostida og’riq
➖pastki jag’da,bo’yinda,epigastral sohada ogriq ayrim hollarda o’ng qo’l va belda ham og’riq
➖hansirash,terlash
➖o’limdan qo’rqish hissi
➖bemor kam gap,og’riq sohani mushtini to’sh suyagini ustiga qòyib ko’rsatadi

👨‍⚕️Birinchi yordam va davolash:

⛔️Stabil stenokardiyada:
➖nitroglitserin-0.5 mg til ostiga
➖izosorbit dinitrat-5 mg dan har 5 daqiqada 3 martagacha
➖nitroglitserin aerozol 1-2 nafas olganda 3 martagacha
➖nitratlarni qo’llashga qarshi ko’rsatma bo’landa nazorat ostida nifedipin 0.01va metaprolol 5 mg til ostiga yoki chaynashga buyuriladi
⛔️Nostabil stenokardiyada:
➖birinchi bemorni tinchlantirish
➖nitroglitserin 0.0005 til ostiga 1-2 tabletkadan yoki aerozol 1-2 doza
➖analgin 50%—4 ml. m/o yoki v/i
➖baralgin 5ml. m/o yoki v/i
➖aspirin 325 mg chaynashga
➖10 000 birlikdan geparin v/i oqim bilan keyin har 4-6 soatda 5000 birlikda teri ostiga yuborib turiladi
➖Miokard infarktiga shubha bo’lganda streptokinaza 1500000 birlikda(alteplaza yoki streptodekaza) buyuriladi

🚯Stenokardiyani miokard infarktidan farqlashda nitroglitserindan foydalaniladi.Nitroglitserin bergangan keyin 30 daqiqada oq’riqlar yo’q bo’lib bemor o’zini yaxshi xis qilmasa miokard infarktiga shubha qilsa bo’ladi

👨‍⚕️Dr:Abduqahhorov_Abduvahob

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x