STATISTIK FIZIKA

STATISTIK FIZIKA — nazariy fizika boʻlimi. Juda kup mikdordagi bir xil zarralar (molekula, atom, elektron va b.)dan tashkil topgan makroskopik jismlar, yaʼni tizimlar xossalarini alohida zarralar xossalari va ularning oʻzaro taʼsirlariga asoslanib oʻrganadi. Agar tizim soni cheklangan molekulalardan tashkil topgan boʻlsa, klassik mexanika qonuniyatlaridan foydalanib tizimdagi fizik hodisalarni oʻrganish mumkin. Buning uchun molekulalarning boshlangʻich vaqtda fazodagi oʻrni, tezligi va ular orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlarining xarakteri maʼlum boʻlsa, har bir molekula uchun harakat tenglamasini tuzish, keyingi istalgan vaqtda hamma molekulalarning fazodagi urinlarini, tezliklarini aniklash mumkin. Bu maʼlumotlar, oʻz navbatida, turli fizik kattaliklarni, mas, molekulalarning idish devoriga koʻrsatayotgan bosimini va b. fizik kattaliklarni hisoblashga imkon beradi. Mas, tra 0° va bosim 1 atm boʻlgan sharoitda, 1 sm3 hajmdagi gaz molekulalarining soni taxm. 2,7Yu19 dona boʻladi. Bunday koʻp sonli molekulalarning harakat tenglamalarini yechish, molekulalarning biror vaqtda fazodagi oʻrni va tezliklarini aniklash mumkin emas. Ikkinchi tomondan kup sonli zarralardan tashkil topgan tizimda aloxida zarralarga xos boʻlmagan yangi xususiyatlar yuzaga keladi. Mas, muayyan muvozanatda turgan gazning fizik xossalari har bir molekulaning boshlangʻich vaqtdagi holati, tezligi, yoʻnalishi va b. ga bogʻliq boʻlmay qoladi.

Statistik fizikada tizimni tashkil etuvchi kup mikdordagi zarralar xususiyatlarini ularning dinamik nuktai nazardan xarakterlovchi fizik kattaliklar qiymatlari boʻyicha taqsimot qonunlarini oʻrganib, bu qonunlar asosida hisoblangan oʻrtacha fizik kattaliklar yerdamida tizim xususiyatlari aniklanadi.

Tizimni tashkil etgan zarralar klassik mexanika yoki kvant mexanika asosida tavsiflanishiga qarab, Statistik fizikani klassik statistika yoki kvant statistika deyiladi. Kvant statistika umumiyroq va aniqroq boʻlib, klassik statistika uning xususiy holidir. Ammo hoz. zamonda juda koʻp masalalarni hal qilishda klassik statistika yetarlidir.

Statistik fizika 2 boʻlim: muvozanat S. f. va nomuvozanat Statistik fizikadan iborat. Nomuvozanat jarayonlar Statistik fizikasi muvozanati buzilgan tizimlardagi jarayonlarning borishini ifodalovchi tenglamalarni molekulyar tuzilish nuqtayi nazaridan keltirib chiqarish, kinetik koeffitsiyentlar (issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya, yopishkrkdik)ni molekulyar xarakteristikalar orqali ifodasini aniklash va nomuvozanat termodinamikani asoslash kabi masalalar bilan shugʻullanadi. Muvozanatli jarayonlar Statistik fizikasi muvozanatsiz jarayonlar S. f. sining xususiy xoli boʻlib, termodinamik muvozanatdagi tizim xossalarini, ular orasidagi bogʻlanishlarni, shuningdek, termodinamikaning asoslash masalalarini oʻrganadi.

Statistik fizikaning rivojlanishi, asosan, 19-a. ning oʻrtalaridan boshlangan. Unga J. Maksvell, R. Klauzius, L. Bolsman, 20-a. da esa nemis fizigi P. Drude, G. Lorents, J. U. Gibbs, polyak fizigi M. Smoluxovskiy, A. Eynshteyn, Sh. Boze, E. Fermi, P. Dirak va b. S. f. ning rivojlanishiga hissa qoʻshishgan.

Ad.: Anselm A. I., Osnovoʻ statisticheskoy fiziki i termodinamiki, M, 1973; Vasilyev A. M., Vvedeniye v statisticheskuyu fiziku, M., 1980.

Abror Noʻmonxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x