STARAZAGORA

STARAZAGORA — Bolgariyadagi shahar, Sredna-Gori togʻlarining jan. yon bagrida. Aholisi 143,9 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Q. x. rayoni markazi. Mashinasozlik (stanoksozlik, sanoat robotlari, oziqovqat sanoati uchun uskunalar, elektron hisoblash texnikalari ishlab chiqarish.), toʻqimachilik, tikuvchilik, oziqovqat, tamaki, mebel sanoati korxonalari bor. Shahar yaqinida yirik kimyo k-ti qurilgan. Starazagora qadimda Beroye, AvgustTrayan, Eski Zafa (turkcha) deb atalgan. 1877—78 ylardagi RossiyaTurkiya urushida vayron bulib, keyinchalik qayta tiklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x