STANDARTLASH

STANDARTLASH — standartlar belgilash hamda ularni fan va texnika, xalq xoʻjaligi tarmoqlarida qoʻllash jarayoni. Standartlash fan, texnika va amaliy tajribalarning umumlashtirilgan yutuqlariga tayanadi. Standartlashning vazifasi: kattaliklar birliklarini, termishtar va belgilarni qabul qilish; mahsulotlar va ishlab chiqarish. jarayonlariga texnik talablar qoʻyish; xavfsizlikni taʼminlaydigan va moddiy boyliklarni asraydigan shartlarni belgilash. Standartlash xalq xoʻjaligini boshqarishda muhim rol oʻynaydi. Standartlash tizimi xoʻjalik tarmoqlarini, korxonalardagi i. ch. jarayonlarini, meʼyoriytexnik hujjatlarning joriy etilishi va ularga amal qilinishini, savdo korxonalaridagi oʻlchov vositalarini nazorat qilish va b. ishlarni ham oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasida Standartlash masalalari bilan «Uzstandart» agentligi shugʻullanadi (yana q. Standart).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x