STAGNATSIYA

STAGNATSIYA (frans. stagnation, lot. stagno — qoʻzgʻalmas qilaman, toʻxtataman) — iqtisodiyotda pasayishdan oldin yuz beradigan, pasayish bilan birga kechadigan turgʻunlik holati. Ishlab chiqarish., savdoda ham kuzatidsi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda 1930—39 y. larda, 2-jahon urushi (1939—45)dan keyin yuz bergan. Oʻzbekistonda 1991—95 ylarda kuzatildi. Stagnatsiya investitsiya jarayonlarining, ishlab chiqarish. quvvatlarining toʻliq band etilmasligi, surunkali ishsizlik, iqtisodiy oʻsishning sekinlashuvi yoki nol darajasi va b. da koʻrinadi. Stagnatsiyada real yalpi ichki mahsulot hajmi turgʻun holatda sakdanadi, baʼzan pasayib ketadi. Stagnatsiya davomiyligi turgʻunlik va tanglikning naqadar chuqurligi va davlat tadbirlari (tadbirkorlarga imtiyozlar, soliklarni, eksport bojlarini kamaytirish, davlat buyurtmalarini tiklash, hisob stavkalarini kamaytirish va b.) ning taʼsirchanligiga bogʻliq.

S holatida dastlab talabning kamayishi natijasida ishlab chiqarish. qisqaradi, taklifning qisqarishi bilan narx oʻsadi, bu esa foydani oshirib, ishlab chiqarish. ga qoʻshimcha investitsiyani ragʻbatlantiradi. Natijada ishlab chiqarish. jonlanib, davlat faol tartiblagan sharoitda Stagnatsiya davri qisqarib, iqtisodiyot Sdan chiqib ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x