SPOROFIT

SPOROFIT (spora(lar) va… fit) — rivojlanish davrida jinsiy va jinssiz nayeli gallanib turadigan oʻsimliklarning jinssiz nayeli; sporalar hosil qiladi. Sporofit urgʻochi va erkak gaploid jinsiy gametalar qoʻshilib hosil qilgan zigotadan oʻsib chiqadi. Sporofitning har bir hujayrasi zigota singari diploid xromosomali. Tuban oʻsimliklar (volvokssimonlar, ulotrikslar va b.) Si gaploid yoki diploid boʻlishi mumkin (qoʻngʻir, qizil va baʼzi yashil suvoʻtlar). S. da jinssiz koʻpayish organi — sporangiylar shakllanadi. Sporangiylarda reduksion boʻlinish (q. Meyoz) orqali gaploid meyosporalar hosil boʻladi. Meyosporalardan gaploid jinsiy boʻgʻin gametofit shakllanadi. Oʻsimliklarning har xil guruhi hayot siklida Sporofit bir xilda namoyon boʻlmaydi. Tuban oʻsimliklarning izomorf nayel almashinuvida Sporofit morfologik jihatdan gametofitdan farq qilmaydi (ayrim yashil va qoʻngʻir suvoʻtlar). Geteromorf nayel almashinuvida Sporofit tobe (monostrom, kutleriyev suvutlar) yoki ustunlik qilishi (sifonsimon va qoʻngʻir suvoʻtlar) mumkin. Yuksak oʻsimliklar sikli geteromorf boʻlib, yusinsimonlardan boshqa barchasida Sporofit ustunlik qiladi. Yoʻsinsimonlarda Sporofit gematofitning ustida hosil boʻladi va uning hisobidan oziklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x