SPORALI OʻSIMLIKLAR

SPORALI OʻSIMLIKLAR — Asosan, sporalar yordamida jinsiy va jinssiz koʻpayadigan oʻsimliklar. Koʻpchilik Sporali oʻsimliklar noqulay muhit sharoitini spora holatida oʻtkazadi. Ayrim Sporali oʻsimliklarda sporalar kamdankam paydo boʻladi, ular, asosan, tanasining boʻlaklarga boʻlinishi yoʻli bilan koʻpayadi. Tuban sporali oʻsimliklar va yuksak sporali oʻsimliklarga boʻlinadi. Tuban sporali oʻsimliklar suvoʻtlar, bakteriyalar, zamburugʻlar va lishayniklardan; yuksak sporali oʻsimliklar esa plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqpar, selaginella va ayrim qazilma oʻsimliklardan iborat. Sporali oʻsimliklar ochiq urugʻlilar va yopiq urugʻlilarta qaramaqarshi qoʻyiladi. Pekin urugʻli oʻsimliklarning chang donachalari va murtak xaltachasi yuksak Sporali oʻsimliklarning sporalariga gomolog xisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x