SPONGOLITLAR

SPONGOLITLAR (yun. spongos bulut va lithos — tosh) — kremniyli choʻkindi togʻ jinsi. Bir, ikki, uch va koʻp oʻqli ninasimon shakldagi kremniyli bulutlarning spikula (spongiy) lari toʻplanishidan hosil boʻladi. Spongolitlar tarkibida ularning mikdori 50% dan ortiq boʻlib, mustahkam skeletli toʻrni hosil qilgan. Och kulrangli, yashilsimon kulrangli, qora boʻladi. Qad. da hosil boʻlganlari zich, keyingilari esa gʻovakli va yengil. Mineral tarkibi, asosan, amorf opaldan, qisman xalsedondan iborat. Tarkibida radiolyariy va foraminifera chigʻanoqlari, kvars va glaukonit donalari, temir gidrooksidlari va b. uchraydi. Bu jinslar hoz. zamon dengizlarining 250—300 m chuqurliklarida gʻosil boʻladi. Tarkibi 10 — 15% budut spikulalaridan iborat mikrogʻovakli opal va opalxalsedonli gezlar deyiladi. Spongolitlar Moskva yoni, Ural oldida boʻr, Sharqiy Uralning yon bagʻirlarida quyi karbon va Kavkazda paleozoy yotqizikdarida maʼlum. Sanoatda adsorbent sifatida oʻsimlik va hayvon yogʻlarini, neft mahsulotlarini turli qoʻshimchalardan tozalash uchun foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x