SPIROXETOZLAR

SPIROXETOZLARodam va hayvonlarda patogen spiroxetalar koʻzgʻatadigan, epidemiologiyasi va klinik koʻrinishi har xil infeksion kasalliklar guruhi. Spiroxetalar uzun yoki kiska spirallardan iborat boʻlib, 60° gacha qizdirilganda darxol oʻladi, dezinfeksiyalovchi vositalar va bir kancha dori preparatlari ularga tez taʼsir etadi. Spiroxetozlar hamma joyda uchraydi, ularning koʻpchiligi yaxshi oʻrganilmagan. Ichak Si (leptospirozlar), bit yoki kana orqali yuqadigan qonli Spiroxetozlar (qaytalama terlama), jinsiy yoʻl bilan yuqadigan Spiroxetozlar (zaxm) va tropik mintaqa mamlakatlari Spiroxetozlari (frambeziya, bejel, pinta) yaxshi oʻrganilgan. Spiroxetozlarga spiroxetalar va bakteriyalar assotsiatsiyasi keltirib chiqaradigan kasalliklar: Simanovskiy — Plaut — Vensan anginasi, yarali stomatit ham kiritiladi.

Koʻpchilik Spiroxetozlarni davolashda baʼzi kimyoviy preparatlar va antibiotiklar yaxshi naf beradi. Davolash va profilaktika metodlari har bir xol uchun alohida belgilanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x