SPEKTROSKOPIYA

SPEKTROSKOPIYA (spektr va … skopiya) — fizikaning elektromagnit nurlanish spektrlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Spektroskopiya usullari bilan atom, molekulalarning energiya sathlari, ulardan hosil boʻlgan makroskopik tizimlar va energiya satqlari orasidagi kvant oʻtishlar oʻrganiladi. Bular moddaning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar beradi.

Spektroskopiyaning paydo boʻlishi (I. Nyuton birinchi bor Quyosh nurlarini spektrga ajratgan vaqti) 1666-y. larga toʻgʻri keladi. Asosan, 19-a. ning boshidan spektral sistematik ravishda oʻrganilgan. Spektroskopiya maʼlum belgilarga koʻra, mas, elektromagnit toʻlqinlarning toʻlqin uzunligiga koʻra radiospektroskopiya (radiotoʻlqin sohasi), optik spektroskopiya, rentgen spektroskopiyasi va h. k., tekshirilayotgan tizimlarning xiliga qarab atom spektroskopiyasi, molekulyar spektroskopiya va b. boʻlimlarga boʻlib qaraladi.

Atom Spektroskopiyasi spektrlarni tahlil qilish yoʻli bilan atom elektronlari qobiqlarining tuzilishini aniqlash; spektral chiziqlarning oʻta nozik strukturasini oʻrganish orqali atom yadrolarining momentlari haqida maʼlumotga ega boʻlish; spektral chiziqlarning ravshanligi, yutilishi, kengayishi va surilishi orqali atomlar hosil qilgan muhitning xossalarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Kristallar S. si da kristallardagi energetik holatlar va ular orasidagi oʻtishlarni oʻrganuvchi muhim usullar karaladi. Spektroskopiya elektronli va fononli (panjaraning kvantlangan tebranishlari) boʻladi. Mole kul yar Spektroskopiya — har xil jism molekulalaridan tuzilgan murakkab gaz, suyuqlik va qattiq holatdagi moddalarning spektrlarini tekshiradi. Rentgen nurlari S. si moddaning elektron tuzilishini yutilayotgan, chikayotgan rentgen nurlari spektrlari hamda fotoelektron nurlanish spektrlari orqali oʻrganadi.

Yadro S. si Spektroskopiyaning alohida tadqiqot sohasi hisoblanadi. U atom yadrosining tuzilishi, yadro kuchlari va yadroning turli xossalarini oʻrganadi. Yadro Spektroskopiya sini alfa, beta va gamma S. si deyish ham mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x