So‘zak (gonoreya) xavfli kasallikmi?

So‘zak – o‘tkir yoki surunkali tarzda kechadigan tanosil kasalligi bo‘lib, siydik chiqaruv va jinsiy a’zo yo‘llaridan yiringli ajralma oqishi bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik yuqqanidan o‘rtacha 3-5 kundan keyin belgilari ko‘rinadi: siydik chiqishdan oldin va chiqayotgan paytda achishish, qichishish va og‘riq belgilari boshlanadi.

So‘zak ( gonoreya ) asoratlari

Kun sayin ajralmalarning miqdori orta borib, og‘riq kuchli bo‘lganidan bemor siyishdan o‘zini tiyib yurish darajasigacha boradi. Bunday holatda bemorlarda kuchli qo‘rquv paydo bo‘ladi va buni hammadan yashirib, bilib-bilmay har xil dori-darmonlar qabul qilishadi. Antibiotiklar yiringli ajralmalarning to‘xtashiga olib keladi, lekin kasallik chaqiruvchisi hisoblangan gonokokk infeksiyasi saqlanib qoladi va boshqa kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

So‘zak (gonoreya) yuqish yo‘llari

So‘zak jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarning ko‘p uchraydigan turi hisoblanadi. Kamdan-kam hollarda maishiy yo‘llar, ya’ni mochalka, sochiq, ichki kiyim orqali yuqadi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi gonokokklar nam muhitda yashovchanligini yo‘qotmaydi, shuning uchun yaxshi qurimagan gigiyena buyumlaridan foydalangan begona kishilar infeksiyani yuqtirib olishlari mumkin. Shuningdek, so‘zak bilan og‘rigan onadan tug‘ruq paytida chaqaloqqa ham kasallik o‘tadi.

So‘zak (gonoreya) asoratlari

So‘zak asorati sifatida ayrim kasalliklar kelib chiqishi va birga kechishi mumkin.

Ikki stakanli sinama (Tompson sinamasi) o‘tkazilganda, siydikning birinchi porsiyasi loyqa, ikkinchi porsiyasi esa tiniq bo‘ladi. Bu belgilar o‘tkir oldi uretrit (siydik chiqarish yo‘lining yallig‘lanishi) ko‘rinishidir.

Agar Tompson sinamasi o‘tkazilganda, har ikki siydik porsiyasida ham loyqalanish kuzatilsa, o‘tkir uretrit hisoblanadi. Uretrit asosan so‘zak yuqqandan ikki-uch hafta o‘tgach kuzatiladi. Siydik chiqarish kanali tashqi teshigi yaqinida to‘q-qizil nuqtalar, shishgan halqalar bilan o‘ralgan bo‘lib, barmoq bilan siqqanda yiringli tomchi ajraladi.

Gonoreya davolanmasa qizarish, shish, yallig‘lanish, ajralmalar vaqt o‘tgan sayin kamayadi va ajralma quyuqlashadi. Bu o’tkir osti uretritdir. Taxminan ikki oy o‘tgach, yallig‘lanish surunkali turga o‘tadi. Bunda bemorning shikoyatlari kamayadi, faqat siygandan keyin uzoq tanaffus vaqtida siydik chiqarish kanali teshiklari bir-biriga yopishgan, ayrim hollarda qaloq bilan qoplangan bo‘lib, loyqa, suyuq tomchi kuzatilishi mumkin.

Siydik chiqarish kanali paypaslanganda notekis zichlashgani va tugunsimon qalinlashgani sezilsa, bu xil o‘zgarishlar littreit(siydik chiqarish kanalidagi shilliq bezlarining yallig‘lanishi)dan dalolat beradi.

Kasallik ko‘pincha prostata bezi yallig‘lanishiga ham sabab bo‘ladi. Bemorlar siydik ajralishi va jinsiy hayotning o‘zgarishi, og‘riqli bo‘lishida shikoyat qilishadi.

Yorg‘oq ortig‘ining yallig‘lanishi ham kasallikning yana bir asorati bo‘lib, bemorning urug‘ qopchasi terisi qizargan, shishgan, ushlab ko‘rilganda issiq, kattalashgan, zichlashgan va og‘riqli bo‘ladi.

Turli xil omillar – immun tizimining zaifligi, nazoratsiz antibakterial vositalar qabul qilish, alkogolizmnarkomaniya va boshqalar ta’sirida bemor so‘zakning boshlanishini sezmasligi mumkin. Bunday hollarda kasallikning erta tashxisi qiyinlashadi va turli og‘ir asoratlar, ya’ni jinsiy maylning buzilishibepushtlikka sabab bo‘ladi.

Agar siydik chiqaruv va jinsiy a’zo yo‘llaridan suyuqlik ajralsa, siydik tushayotganda qichishsa, achishsa yoki og‘risa, toshmalar toshsa va boshqa shunga o‘xshash belgilar sezilsa, albatta shifokorga murojaat qilish lozim.

So‘zakdan saqlanishning eng ma’qul yo‘li tartibsiz jinsiy aloqaga yo‘l qo‘ymaslikdir!

Yodda tuting! Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni yuqqan yoki yuqmaganini bilish qiyin, chunki ko‘pincha bemorlarda kasallik alomatlari namoyon bulmaydi. Agar qindan yoki olatdan suyuqlik ajralsa, siydik tushayotganda jinsiy a’zolar qichishsa, og‘risa yoki achishsa, jinsiy a’zolar atrofida og‘riq, pufakchalar, yara, so‘gal paydo bo‘lsa, toshmalar toshsa, jinsiy yaqinlik paytida qorinning pastida og‘riq sezilsa, albatta shifokor tekshiruvidan o‘tish shart!

Manba: Avitsenna.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x