SOYA

SOYA, Soʻya (Glycine) — dukkakdoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, dukkakli don va moyli ekin. 10 turi Afrika va Jan.

Sharqiy Osiyoning nam tropik va subtropiklarida, 1 yovvoyi turi Uzoq Sharqda uchraydi. Vatani — Xitoy. S. juda qadimdan ekiladigan ekin. Mil. av. 5ming yillikdan boshlab ekib kelinadi. AQSH, RF, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Ukraina, Moldaviya, Gruziya va Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha Soya ekin mayd. 73,6 mln. ga, oʻrtacha don hosildorligi 22,1 s/ ga (2000): Oʻzbekistonda 20-a. ning 60y. laridan keng tarkala boshladi. Oddiy Soya (G.max) turining ildizi yaxshi rivojlangan, oʻq ildiz, sershox, tuproqqa 2 m chuqurlikkacha kirib boradi, asosiy qismi haydalma qatlamda joylashadi (ildizida tuganak bakteriyalar rivojlanadi). Poyasi dagʻal, silindrsimon, tik usadi, ammo yotib qoladigan navlari ham bor. Buyi 15 sm dan 2 m gacha, shoxlanadi, yon shoxlari 2—8 ta boʻladi. Bargi sertuk, bandli, bandining uz. 8—20 sm, barg shapalogʻining uz. 13—15 sm., Guli mayda, oq yoki pushti, shingil gultoʻplamga yigʻilgan, barg qoʻltigʻida joylashadi. Mevasi dukkak, sariq, qora, qoʻngʻir, sertuk. Har bir dukkagida 2—6 ta don bor, 1000 ta doni vazni 40—425 g. Tarkibida 24—45% oqsil, 13—37% yogʻ, 20—32% uglevodlar, 1—2 % litsitin, D. V, Ye va b. vitaminlar bor. Urugʻidan yogʻ, oqsil va litsitin olinadi. Oʻsuv davri 75—200 kun. S. issiqsevar va namsevar, yorugsevar qisqa kun oʻsimligi. 21—23° da yaxshi rivojlanadi. Urugʻi 8—10°da unib chiqadi. Soya uzidan changlanadi. Gullash davri 15—55 kun davom etadi. Undan Soya uni va moyi (q. Soya moyi) olinadi. Doni, pishib yetilmagan (dumbul) dukkagi ovqatga ishlatiladi. Soya unidan sut, tvorog, kandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Somoni, tuponi, koʻk poyasi, silosi ozuqa sifatida chorva mollariga beriladi. Oʻzbekiston sholichilik in-tida 1981—88 y. larda Soyaning Oʻzbekiston 2, Oʻzbekiston 6, Doʻstlik navlari chikarilgan va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan.

Kasalliklari: bakterioz, septorioz, askoxitoz, fuzarioz.

Zararkunandalari: tunlamlar, oʻrgimchakkana, qorakuya.

Xolima Otaboyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x