SOXTA KURAKBURUNLILAR, qilquyruqlar, orol kurakburunlilari (Pseudoscaphirhynchus) — osyotrsimonlar (bakra baliqlar) oilasiga mansub chuchuk suv baliklari urugʻi. Gavdasining dum tomonida yaxlit suyak qalqonning boʻlmasligi bilan haqiqiy kurakburun baliklardan farq qiladi. 3 turi Orol dengizi havzasi daryolarida uchraydi. Barcha turlari Oʻrta Osiyo uchun endemik. Katta amudaryo S. k. uzunligi 75 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha; mayda baliqlar bilan oziqlanadi; 6—7 yoshida voyaga yetadi; apr. da uvildiriq tashlaydi; 2 mingga yaqin (yirik Soxta kurakburunlilar 37 minggacha) tuxum qoʻyadi. Kichik amudaryo Soxta kurakburunlilar 27 sm gacha, Sirdaryo S. k. 30 sm gacha. Barcha Soxta kurakburunlilar noyob, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые