IBN DOVUD

IBN DOVUD, Avraam (taxm. 1100, Toledo — taxm. 1180, Kordova) — yahudiy tarixchisi va faylasufi. «Al-aqidat urrafiʼa» («Yuksak imon») asarida davrining taraqqiyparvar gʻoyalarini ilgari surdi va Ibn Sino asarlari taʼsirida Ibn Jebirol neoplatonizmiga qarshi chiqdi. Ibn Dovudning falsafiy qarashlarida materialistik fikrlar bilan birga diniy aqidalarga ishonish ham bor. Jumladan, I. D. Bibliyaning dunyo yoʻklikdan, hech narsadan Xudo tomonidan yaratilgan degan fikrini himoya qildi. Ibn Dovud fatalizmni inkor etdi va inson irodasi erkinligi toʻgʻrisidagi taʼlimotni ishlab chiqdi. Ibn Dovud oʻrta asr taraqqiyparvar mutafakkirlari ijodiga katta taʼsir koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x