“Soxta” homiladorlik ?!

Yoshim 22 da. Uch oy oldin turmushga chiqdim. To‘ydan ikki hafta o‘tib, ko‘nglim aynib, qayt qila boshladim. Ko‘rikdan o‘tsam hech qanday o‘zgarish yo‘q, ya’ni homilador emasman. Bezovtaliklar vaqti-vaqti bilan asosan kechqurun qaytalanib turibdi. Homiladorlikni aniqlash uchun test qilsam, hech nima chiqmaydi. Nega bunday bo‘layotganini tushunmayapman.

Nilufar Bo‘stonova, akusher-ginekolog:

Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilishi faqat homiladorlik bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Oshqozon faoliyatidagi o‘zgarishlar, jigar, o‘t pufagi yallig‘lanishi, o‘n ikki barmoqli ichak yoki me’da yaralarida ham shu kabi bezovtaliklar kuzatilishi mumkin. Aniq tashhis uchun gastroentrolog shifokor ko‘rigidan o‘ting. Vaqtida davolansangiz, homiladorlik vaqti turli holatlardan himoyalangan bo‘lasiz.

Manba: Sugdiyona.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x