SOVITKICH

SOVITKICH, xolodilnik — oziqovqat mahsulotlari va b. tez ayniydigan mahsulotlar saqlanadigan inshoot yoki qurilma. Sovitkichda mahsulotlar atrof muxit t-rasidan past tradi saqlanadi. Bunday tra sovitish mashinasi yordamida hosil qilinadi. Har qanday Sovitkich maxsus qurilgan xona yoki metall shkaf, bugʻlatkich, kondensator, kompressor, elektr dvigateli va tra relesidan iborat. Nima maqsadda ishlatilishiga karab, Sovitkichlar uyroʻzgʻor va sanoatda ishlatiladigan turlarga boʻlinadi. Uyroʻzgʻor Si tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari (goʻsht, baliq va b.) va ta gomlarni qisqa muddat saklash hamda roʻzgʻor ehtiyojlari uchun muz tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday Sovitkichlar har xil hajmli (20—800 l) qilib ishlab chiqariladi. Mahsulotlarni saklash muddatiga koʻra, S 4 toifaga: 1 — muzlatilmagan mahsulotlarni saqlash (past trali boʻlmasiz); 2 — qisqa muddat (bir necha sutka mobaynida) sakdash; 3 — oʻrtacha muddat (2 haftagacha) saqlash va 4 — uzoq muddat (3 oygacha) saqlash uchun moʻljallangan Sovitkich larga boʻlinadi. Uyroʻzgʻor Sovitkich ida tra +6° dan —18° gacha boʻlishi mumkin. Sovitish qurilmasining turiga koʻra, Sovitkichlar kompression, absorbsion va termoelektr turlarga boʻlinadi. Kompression Sovitkichlar eng koʻp tarqalgan. Sovitkich dagi sovitish agenti — ammiak, freon va baʼzi uglevodlar. Kompression Sovitkichda elektr dvigatel kompressorni harakatlantiradi. Kompressor sovitish agentini kapillyar naychalar orqali haydab beradi. Natijada sovitish kamerasida va umuman Sovitkich shkafi ichida past tra xrsil boʻladi. Uyroʻzgʻor Sovitkich lari bir kamerali va ikki kamerali boʻlishi mumkin. Mahsulotlar ham saqlanib, ham muzlatiladigan Sovitkich muzlatkich deb ataladi. Sanoatda ishlatiladigan Sovitkichlar i. ch. da foydalaniladigan va taqsimot Slariga boʻlinadi. Ular sovitish kameralari, muzlatish kurilmalari, sovitish agenti aylanadigan naychalar, trani nazorat qilish va avtomatik tarzda rostlab turish asboblari bilan taʼminlanadi. Sovitkichning sovitish va saklash kameralarida tra 0° atrofida, muzlatish kameralarida —18° dan —40° gacha boʻladi. Muzlatilgan mahsulotlar —18° da saqlanadi. Sigʻimi bir necha oʻn kg dan 10000 t gacha boʻlishi mumkin. Vazifasiga qarab, Sovitkichlar bir va koʻp qavatli boʻladi. Bunday Sovitkichlar savdo korxonalarida, goʻsht kombinatlarida, portlar va b. joylarda ishlatiladi.

Oʻzbekistonda ham Sovitkich (va konditsionerlar) ishlab chiqariladi (q. Samarqand «Sino» aksiyadorlik jamiyati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x