“Sotka” kasalligi

Uyali aloqa tefonlari – “sotka” chiqdiyu turmushda juda koʻp oʻzgarishlar sodir boʻldi. Koʻplarning ogʻiri yengillashdi, uzoq-yaqindagi qarindoshlar, oshna-ogʻayni, yaqinlar bilan bogʻlanib, hol-ahvol soʻrab turish imkoni tugʻildi. Juda koʻp vaqt talab qiladigan ishlar endi oddiygina hal etiladigan boʻldi. Xullas, mobil telefonning foydali jihatlari talaygina. Biroq bugungi kun yoshlari orasida “sotka kasalligi” keng tarqaldi. Uning koʻzga koʻrinmas virusi tobora yoyilib boryapti… Kechasi bilan uxlamay gaplashib chiqadigan, bir kunda yoki bir haftada “falon dollarlik gaplashgani”ni maqtaydiganlarni koʻrganda odamning kulgisi qistaydi, xolos. Uyali telefonning zarari haqida qanchalik gapirilmasin, samara bermayapti. Bu maqola orqali biz yana bir bor meyoridan oshgan har qanday narsa ziyon keltirishini eslatib qoʻymoqchimiz.

Shvetsiyaning “Korolinska” instituti va AQSHning “Wayne” universiteti olimlari olib borgan tajriba uyqu oldidan uyali telefonda gaplashish yaxshi dam olishga salbiy taʼsir koʻrsatishini aniqladi. Bunday vaziyatlarda bosh ogʻrigʻi, uyqusizlik va behalovatlik kelib chiqadi.

Tadqiqot uchun 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan 35 ta erkak va 36 ta ayol tanlab olindi. Ularning bir guruhi telefonlar orqali qabul qilinadigan nurlanish taʼsirida boʻldi, boshqalari esa odatiy turmush sharoitida sinovdan oʻtkazildi. Nurlanish taʼsirida boʻlganlar uyquga ketguncha ancha qiynalgan, natijada juda oz vaqt davomida uxlay olgan.

Uyali aloqada boʻladigan 884 MHz nurlanish kuch-quvvatimizni tiklab olishga yetadigan normal uyquni kamaytirib yuborishi aniqlandi.

Nurlanish organizmning ichki ritmini taʼminlab turadigan melatonin garmonini ishlab chiqishga xalaqit berar ekan.

Olimlarning fikricha, agar kechqurun gaplashish shu qadar zarur boʻlsa, uy telefonlaridan foydalangan maʼqul. Albatta, qishloq sharoitida uy telefonlari juda kam, ishlash sifati ham koʻngildagidek emas. Shuning uchun mobil telefonlardan foydalaniladi, faqat meʼyor kerak, xolos.

Tadqiqotlar yana shuni koʻrsatdiki, uyali telefondan uzoq vaqt mobaynida foydalanish rak kasalliklarining kelib chiqishiga ham sabab boʻlar ekan.

 

Orifjon Madvaliyev

 

2010

https://saviya.uz/turfa-olam/sotka-kasalligi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x