SOTIM ULUGʻZODA

SOTIM ULUGʻZODA (1911.11.9, Chust — 1997, Dushanba) — tojik yozuvchisi, dramaturg, adabiyotshunos. Tojikiston FA muxbir aʼzosi (1951). Toshkent Oʻqituvchilar in-tini tugatgan (1929). 2-jahon urushi katnashchisi. Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining 1kotibi (1944 —46). Ijodi 1930-y. dan boshlangan. «Oʻt ichida» dramasi (1944)da xalqning fashizmga qarshi kurashi tasvirlangan. «Himmatli doʻstlar» (1947), «Yoshligimiz tongi» (1951) qissalari, «Izlovchilar» komediyasi (1951) oila muammolari haqida. «Yashnagan diyor» (1953) romani urushdan keyingi yillar qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirishga bagʻishlangan. Sotim Ulugʻzoda «Ibn Sino» (1953), «Shoir qismati» (1957), «Rudakiy» (1958), «Vakila» (1960) kinossenariylari, «Gavhari shamchiroq» (1962) komediyasi, «Voseʼ» romani (1967) muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

As: Yoshligimiz tongi [qissa], T., 1958; Voseʼ [roman], T., 1970.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x