SORBENTLAR

SORBENTLAR (lot. sorbens — yutuvchi) — gaz, bugʻ va erigan moddalarni yutish uchun qoʻllanadigan qattiq yoki suyuq moddalar. Yutuvchi modda sorbent, yutiladigan modda esa sorbtiv yoki sorbat deyiladi. Adsorbsiya, absorbsiya va kapillyar kondensatsiya kabi oddiy jarayonlar yigʻindisidan iborat murakkab fizikkimyoviy jarayon sorbsiyadir. Agar sorbtivning yutilishi uning sorbent bilan taʼsirlanishi natijasida boʻlsa, bunday jarayon xemosorbsiya deb ataladi. Xemosorbsiya koʻpincha sorbent satxida sodir boʻladi. Faollangan kumir, silikagel, alyuminiy oksid, seolitlar koʻplab ishlatiladigan Sorbentlar dir. Sintetik ionlovchi smolalar (q. Ionitlar) xam muxim Sorbentlar hisoblanadi. Suyuq Sorbentlar kimyo sanoatida qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x