SONATA

SONATA (ital. sonata, lot. sonare — yangramoq) — kamer-cholgʻu musiqasining asosiy janrlaridan. 3 qismli turkum asar, baʼzan 1, 4, 5 qismlilari ham uchraydi. 3 qismli mumtoz Sonataning 1 va 3 qismlari tez, 2qismi vazmin surʼatlidir. 1-qismi (sonata allegrosi) 3 yirik boʻlimdan tashkil topadi: qaramaqarshi musiqiy mavzularni namoyon qilish (ekspozitsiya), ularni birbiriga taqqoslab rivojlantirish (2-boʻlim), soʻngra asosiy kuylarni oʻzaro yaqinlashtirib birlashtirish (repriza). «Sonata» atamasi 16-a. dan maʼlum boʻlib, avvalboshda kantatadan farkdi oʻlaroq har qanday cholgʻu pyesa ham Sonata deyilgan. 17-a. boshlarida Sonataning 2 koʻrinishi (cherkov S. si va kamer Sonata) shakllandi. 18-a. oʻrtalarida D. Skarlatti, F. E. Bax klavir S. lar yozishgan, Y. Gaydn, V. Motsartlar Sonataning mumtoz namunalarini yaratdilar. Sonata rivoji va yuqori choʻqqilarga chiqishida L. Betxoven S. lari muhim ahamiyatga ega boʻldi. L. Betxoven Sonatani rang-barang mavzu va mazmun, murakkab shakl bilan boyitib, janr imkoniyatlarini kengaytirdi. F. Shopen, R. Shuman, F. List, I. Brams, E. Griglar Sonata rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Romantizm davri va 20-a. kompozitorlari ijodida ham Sonata asarlari muhim oʻrin egalladi. Oʻzbekistonda ilk Sonatalarni 1940—50 y. larda Ik. Akbarov, F. Nazarov, G. Mushel, A. Kozlovskiy kabi kompozitorlar yaratishgan. Keyinchalik, E. Solihov, N. Zokirov, A. Ergashev, D. Saydaminova, H. Rahimov, N. Gʻiyosov va b. kompozitorlar ijodida rivojlangan.

Sonataning kichik hajmdagi turi — sonatina oʻzining soddaligi, ijro uslubining oddiyligi bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x